1-sentabrdan “yashil tadbirkor” maqomini beruvchi platforma ishga tushirilishi mumkin. Bunday maqomga ega korxonalar “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik, barqarorlik reytingida ballar va boshqa imtiyozlarga ega bo‘ladi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridagi elektr uchun “yashil tariflar” joriy etiladi.
Davlat dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi prezident farmoni bilan Bosh prokuraturaga quyosh panellarini o‘rnatish rejasining ijrosini ta’minlash topshirildi. Energetika vazirligi hokimliklar bilan birgalikda ularni tuman va shaharlarda o‘rnatish dasturini ishlab chiqadi.
2025-yilda O‘zbekistonda 250 mingta obyektni, jumladan, 150 mingta uyni quyosh panellari bilan jihozlash reja qilinmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura. Topshiriqni bajarish uchun joylarda hokimlik, “O‘zenergoinspeksiya”, banklar va boshqa idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi.
O‘zbekistonda jami quvvatlardagi “yashil” energiyaning ulushini 16 foizdan 26 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Kam uglerodli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 300 mln dollar jalb qilinadi. Prezident resurs tejaydigan iqtisodiyot modelga o‘tish vaqti kelganini aytdi.
O‘zbekistonda 2030-yilgacha elektr energiyasiga bo‘lgan talab har yili 7,5 foizga oshadi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning aytishicha, qayta tiklanadigan energetika loyihalarini amalga oshirish bilan birga, GES qurish, IESlarni modernizatsiya qilish va qurish rejalashtirilmoqda.
Prezident muqobil energiya manbalarini o‘rnatishni davlat siyosati deb atadi. O‘zbekistondagi 1 mln xonadonning isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish, aholi va tadbirkorlarga 973 MVt quvvatli qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Oliy davlatlararo kengash majlisida 7 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanganini ijobiy baholadi. Tomonlar energetika quvvatlari va infratuzilmasini qurish, muqobil energiya manbalarni rivojlantirish, shuningdek, suv obyektlarini raqamlashtirishga kelishib oldi.
2024-yilda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmida 18 foizga yetkazish rejalashtirilgan, dedi energetika vaziri. Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan birga Vengriya, Ruminiya va Yevropaning boshqa davlatlariga “yashil” energiya eksport qilinadi.
Prezident Energetika vaziri va viloyatlar hokimlarining muqobil energetika sohasidagi 2024-yilgi rejalaridan norozi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev 2−3 oyda 14 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirishni tezlashtirish va 2 ta gidroto‘plash stansiyasi loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Tadbirkorlar elektr energiyasi tariflari oshirilganidan so‘ng o‘z obyektlariga quyosh panellarini tezroq o‘rnata boshladi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Shuningdek, u panellalarni o‘rnatishda to‘siqlar mavjudligi haqida Qonunchilik palatasida aytilgan gaplarni rad etdi.
O‘zbekistonda muqobil energiya obyektlarini ishga tushirish uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha tavakkalchilik darajasi 1 dekabrgacha nollashtirilishi mumkin. Shunday qaror qabul qilinsa, muammoli kreditlar bo‘yicha 2 xonali raqamlarga duch kelish ehtimoli bor, — deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.
Shavkat Mirziyoyev energiya resurslari taqchilligi sharoitida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni sanab o‘tdi. Davlat aholidan elektr energiyasini bir kVt/soatiga 1000 so‘mdan sotib olishni boshlaydi, issiqxonalar va g‘isht zavodlarini ko‘mirga o‘tkazadi va hokazo.
2023 yildan savdo majmualari, madaniyat va istirohat bog‘lari, restoran, mehmonxona, supermarket, bozor, aeroport, temir yo‘l va avtobus vokzallari, xususiy ta’lim va tibbiyot tashkilotlari, banklardan kamida 25% issiq suv iste’moli va tashqi yoritishni muqobil energiya hisobidan qoplash talab etiladi.
Prezident muqobil energiya uskunasini o‘rnatgan aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, quyosh va shamol elektr uskunalarini o‘rnatganlarga 15 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi yoki 3 yilga foizsiz muddatli to‘lov imkoniyati yaratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting